Newtag icon
Top Black Friday 2025 brands announced! What were the hottest products and categories?Download the report now 👉banner icon

12月9日的Muqaddas Kitob应用程序分析

Muqaddas Kitob

Muqaddas Kitob

  • IPB, ANKO
  • Apple 应用商店
  • 免费
  • 图书
Muqaddas Kitob Zamonaviy o‘zbek tilidagi tarjima, izohlar va qo‘shimcha ma’lumotlar ilova qilingan Mazkur ilova o‘zbek tilidagi Muqaddas Kitobning, ya’ni Bibliyaning kirill va lotin yozuvidagi variantlaridan iborat. Kitobxon o‘ziga qulay bo‘lgan yozuvdagi matnni tanlashi mumkin. Shuningdek, u bir vaqtning o‘zida ham kirill, ham lotin yozuvidagi matnni ochib o‘qish imkoniyatiga ega. Muqaddas Kitobning boshqa elektron formatlari: http://www.ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin Muqaddas Kitob aslida ibroniy, oramiy va yunon tillarida yozilgan va o‘zbek tiliga o‘sha tillardan tarjima qilingan. Mazkur tarjimaga har bir kitobga kirish, sarlavhalar, izohlar, lug‘at, rasmlar, jadvallar va xaritalar ilova qilingan. Muqaddas Kitobning tarjima jarayoni, uni chuqur o‘rganish uchun berilgan ushbu manbalar bilan, shuningdek, u haqda yana boshqa ma’lumotlar bilan tanishishni istasangiz, mazkur ilovaga kiritilgan “So‘zboshi” va “Muqaddas Kitobga kirish” qismlariga murojaat eting. Quyidagi ma’lumot 2016 yilda nashr qilingan “Muqaddas Kitob”ning “So‘zboshi”dan olingan: Mazkur Kitob ikki ming yildan oshiq davr mobaynida muqaddas deb e’tirof etilgan bitiklarning o‘zbek tiliga qilingan birinchi to‘liq tarjimasidir. Muqaddas Kitob Eski va Yangi Ahd bitiklaridan iborat. Bular tarkibida o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lgan Tavrot, Zabur, Injil, shuningdek Payg‘ambarlar bitiklari bor. 1992 yili Yangi Ahd kitoblari o‘zbek tilida “Injil” nomi ostida ilk bor to‘liq holda chop etilgan edi. Injil kitobining ilk tarjima matni chop etilgandan keyin ham jiddiy tahrir qilindi va mazkur nashrga kiritildi. Ushbu tarjima ustida mutaxassislar yigirma yildan ko‘proq mehnat qildilar. Nihoyat, Muqaddas Kitob to‘liq holda O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida chop etildi. Muqaddas Kitobda bayon qilingan aksariyat voqealar g‘arbiy Osiyoda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa–da, undagi bebaho hikmatlar dunyo bo‘ylab yoyilib, ko‘plab xalqlar madaniyatini yanada boyitdi. Insoniyat tarixida Muqaddas Kitobdan ko‘ra ko‘p tarjima qilingan kitob yo‘q. Muqaddas Kitob jahon madaniyatining klassik merosi hisoblanadi. Butun jahonda adabiyotning yuksak namunasi sifatida qadrlanadigan mazkur Kitob Xudoning insoniyat bilan bo‘lgan munosabati tarixi haqida so‘z yuritadi. Shu bois Kitob asrlar davomida odamlarga Yaratuvchi bilan hamda bir–birlari bilan yarashish yo‘lini ko‘rsatib kelmoqda. Tarjimonlar guruhi mazkur Kitobga jiddiy ilmiy ish sifatida yondashganlar. Ular Kitob tarjimasi yuzasidan chuqur tadqiqotlar olib borib, o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni nihoyatda diqqat–e’tibor bilan bajarganlar. Buni nafaqat matnning o‘zidan, balki kitobxonning bilimini oshirish uchun kitobga ilova qilingan qo‘shimcha ma’lumotlardan ham ko‘rishingiz mumkin. Shu bilan birga, tarjima uslubiga ham katta e’tibor berilgan, matn zamonaviy kitobxonlarimizga tushunarli bo‘lishi uchun tabiiy va sodda tilda tarjima qilingan. Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo har bir odamni O‘ziga chorlaydi, Xushxabarning mag‘zi ham asosan ana shundan iborat. Iso Masih yer yuziga kelib, xochdagi o‘limi va o‘likdan tirilishi orqali bizga Xudo bilan yarashish imkonini berdi. Xudoning mangu sevgisi Iso orqali osmondan zaminga tushib keldi. Iso Xudoning fe’l–atvorini insoniy madaniyat va til orqali bizga namoyon qildi. Shuning uchun biz Xudoning qanday fe’l–atvorga ega ekanini bila olamiz. Umid qilamizki, Muqaddas Kitobning mazkur tarjimasi ko‘plab kitobxonlarimizni Xushxabar orqali Xudo bilan yarashtiradi. © Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 ibt_inform@ibt.org.ru
Muqaddas Kitob

商店排名

商店排名基于 Google 和 Apple 设置的多个参数。

所有品类在
美国--
图书在
美国--
创建账号以查看平均每月下载量联系我们

动态Muqaddas Kitob排名统计

Muqaddas Kitob的 Similarweb 使用排名和Apple 应用商店排名

排名

没有可用的数据

Muqaddas Kitob按国家/地区排名

Muqaddas Kitob在主要类别中排名最高的县


顶级竞争对手和替代应用程序

同一商店内很有可能被同一批用户使用的应用程序。

KitobPlus

KitobPlus

SHAROIT PLYUS, TOSHKENT SHAHAR

Зикр аҳлидан сўранг

Зикр аҳлидан сўранг

Ismoil Mukhammad Yusuf

Soundbook audiokitoblar

Soundbook audiokitoblar

Shokhrukh Rajabov

Олтин силсила

Олтин силсила

Ismoil Mukhammad Yusuf

Muqaddas Kitob VS.

十二月 9, 2025