12月27日的Uzum Bank online应用程序分析
Uzum Bank online
- UZUM TECHNOLOGIES MChJ.
- Apple 应用商店
- 免费
- 金融
Uzum Bank — Uzum ekotizimining onlayn banki.
Ilovani yuklab oling va shaxsingizni tasdiqlaganingizdan so‘ng darhol bepul Uzum virtual kartasini oling. U bilan bank ilovasida, do‘konlarda, muassasalarda, transportda va onlayn to‘lov qilish mumkin.
Uzum karta Visa asosida ishlaydi, so‘mda — O‘zbekiston hududida xaridlarni konvertatsiyasiz va ortiqcha to‘lovlarsiz amalga oshirish uchun qulay. Uni ilova orqali istalgan bank kartalaridan bepul to‘ldirish mumkin. Plastik kartani buyurtma qiling — bir necha kun ichida Uzum Marketning qulay tarqatish punktiga bepul yetkazib beramiz — va undan naqd pul yeching. Karta orqali chet eldagi xaridlarni ham to‘lash mumkin.
Pulingizni nazorat qiling va sarflaganingizni qisman qaytaring: barcha tranzaksiyalar va ularning tarixi doimo qo‘lingizda. Mahsulotlar, xizmatlar va Toshkent metro va avtobuslarida yo‘l haqi uchun to‘lov qilganingizda — keshbek karta yoki hamyonga tushadi.
Kerak bo‘lganda, qo‘shimcha mablag‘ oling. Muddatli to‘lov va mikroqarzlik xaridlar uchun qayta tiklanuvchi limitni bir necha daqiqada onlayn rasmiylashtirish mumkin — Uzum kartaga 25 000 000 so‘mgacha.
Ilovada pul o‘tkazmalari mavjud: karta yoki telefon raqami orqali Uzcard va Humo kartalariga oyiga 100 mln so‘mgacha komissiyasiz. Uzum kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar har doim bepul. Xalqaro pul o‘tkazmalari uchun qulay kurs amal qiladi.
6 000 dan ortiq hamkorlarimiz tovar va xizmatlari uchun QR-kod orqali to‘lang. Uzum to‘lovni so‘rang: Uzum karta bilan keshbek olish yoki 30 kunga foizsiz nasiya bilan to‘lov qilish uchun.
Mobil aloqa, internet, televideniya, metro va avtobus yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirish mumkin. Shuningdek, kommunal xizmatlar — gaz, elektr, suv, chiqindi olib chiqish va boshqalar uchun to‘lang.
Hamma ishlaringizni bitta ilovada hal qiling. Kartalar, valyuta ayirboshlash va boshqa foydali xizmatlar doimo yoningizda. Batafsil uzumbank.uz saytida.
© 2019–2025, “Uzum Bank” AJ, O‘zbekiston Respublikasi MB litsenziyasi №88
商店排名
商店排名基于 Google 和 Apple 设置的多个参数。
所有品类在
美国--
金融在
美国--
创建账号以查看平均每月下载量联系我们
动态Uzum Bank online排名统计
Uzum Bank online的 Similarweb 使用排名和Apple 应用商店排名
排名
没有可用的数据
十二月 27, 2025