MaxRaqam 앱 분석 (10월 17일)
MaxRaqam
- Doston Absalamov
- Apple App Store
- 무료
- 비즈니스
MaxRaqam — esda qolarli va premium mobil raqamlarni topish hamda mustaqil dilerlar bilan bog‘lanish uchun yaratilgan zamonaviy marketplace.
Ilova orqali siz turli operatorlarga tegishli raqamlarni ko‘rishingiz, qidirishingiz, solishtirishingiz va o‘zingizga yoqqan raqamlarni Sevimlilarga saqlashingiz mumkin.
ASOSIY IMKONIYATLAR
• Raqamlarni qulay qidirish va filtrlash
• Mustaqil dilerlar katalogi
• Tasdiqlangan diler profillari
• UZS va USD valyutalaridagi takliflar
• Nasiya shartlarini ko‘rish
• Sevimli raqamlarni saqlash
• Dilerga murojaat yuborish
• Telefon orqali bevosita bog‘lanish
• Telegram orqali dilerga o‘tish
• Noto‘g‘ri yoki shubhali e’lonlar haqida shikoyat yuborish
• Push-bildirishnomalar
• O‘zbek, rus va ingliz tillari
DILERLAR UCHUN
MaxRaqam dilerlarga o‘z raqamlarini qulay boshqarish imkonini beradi.
Dilerlar:
• bitta raqam yoki bir nechta raqamni ommaviy tarzda joylashtirishi;
• narx va valyutani belgilashi;
• Nasiya shartlarini kiritishi;
• e’lonlarni tahrirlashi;
• raqamning mavjudlik holatini boshqarishi;
• xaridorlardan kelgan murojaatlarni ko‘rishi;
• ommaviy diler profilini boshqarishi;
• o‘z faoliyatini tasdiqlash uchun tekshiruvdan o‘tishi mumkin.
MaxRaqam telefon raqamlarining egasi yoki sotuvchisi hisoblanmaydi. Ilova xaridorlar va mustaqil dilerlarni bog‘lovchi axborot platformasidir.
Telefon raqamini xarid qilish, to‘lov va raqamni yangi egaga rasmiylashtirish masalalari xaridor, diler va tegishli telekommunikatsiya operatori o‘rtasida amalga oshiriladi.
“Tasdiqlangan diler” belgisi MaxRaqam tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tekshirilganini anglatadi, biroq bu dilerning telekommunikatsiya operatori tomonidan rasmiy vakolatlanganligini yoki har qanday bitimning xavfsizligini kafolatlamaydi.
MaxRaqam haqida batafsil:
https://raqampolicy.mxtr.uz
스토어 순위
스토어 순위는 Google과 Apple이 설정한 여러 매개변수를 기반으로 합니다.
모든 카테고리 ·
미국--
비즈니스 ·
미국--
월평균 다운로드를 확인하려면 계정을 만드세요문의하기
MaxRaqam 순위 통계 추이
MaxRaqam의 Similarweb 사용량 순위 및 Apple App Store 순위
순위
데이터가 없습니다
10월 17, 2026