Homiladorlik davri - Ayollik 앱 분석 (10월 10일)
Homiladorlik davri - Ayollik
- Sardor Islomov
- Apple App Store
- 무료
- 건강 및 피트니스
Homiladorlik davri — homiladorlikni rejalashtirayotgan, farzand kutayotgan ayollar va onalar uchun ilova.
Homiladorlikni haftama-hafta kuzating, bolajoningiz rivoji haqida o‘qing va o‘zingizni ham unutmang. Kerakli ma’lumotlar, foydali maqolalar va ko‘nglingizni ko‘taradigan iliq so‘zlar bir joyda.
• Homiladorlik taqvimi
Hozir nechanchi haftada ekaningizni va taxminiy tug‘ruq sanasini bilib boring. Har hafta bolajoningiz rivoji hamda tanangizdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot oling.
• Homiladorlikni rejalashtirish
Hayz kunlarini belgilang va siklingizni kuzating. O‘zingizga mos rejimni tanlab, muhim sanalarni bir joyda saqlang.
• Ona va bola haqida maqolalar
Homiladorlik, tug‘ruqqa tayyorgarlik, tug‘ruqdan keyingi davr va bola parvarishi haqidagi materiallarni o‘qing. Farzandingiz ulg‘aygani sari sizni qiziqtiradigan mavzularga qayting.
• Onaga ham mehr kerak
Ilova faqat bolajon haqida emas. Dam olish, yordam so‘rash va o‘zingizga vaqt ajratish ham muhim. Qisqa, samimiy va ba’zan hazil aralash yozuvlar sizga shuni eslatib turadi.
• O‘zingizga yoqqan qahramonni tanlang
Turli xarakterdagi yoqimtoy qahramonlar ilovaga o‘zgacha kayfiyat beradi. Ularning haftalarga mos tasvirlari, kunduzgi va tungi ko‘rinishlari bilan tanishing.
• Boshqa onalar bilan suhbat
Savollaringizni yozing, tajribangiz bilan bo‘lishing va boshqa onalarning hikoyalarini o‘qing. Ba’zan sizni tushunadigan inson bilan gaplashishning o‘zi yoqimli.
• O‘zbek va rus tillarida
Ma’lumotlarni o‘zingizga qulay tilda o‘qing va ilovadan bemalol foydalaning.
Farzandingizga mehr berar ekansiz, o‘zingizga ham mehrli bo‘ling. Homiladorlik davri bilan bu muhim kunlarni birga kuzatib boramiz.
Ilovadagi ma’lumotlar tanishish uchun; shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi.
스토어 순위
스토어 순위는 Google과 Apple이 설정한 여러 매개변수를 기반으로 합니다.
모든 카테고리 ·
미국--
건강 및 피트니스 ·
미국--
월평균 다운로드를 확인하려면 계정을 만드세요문의하기
Homiladorlik davri - Ayollik 순위 통계 추이
Homiladorlik davri - Ayollik의 Similarweb 사용량 순위 및 Apple App Store 순위
순위
데이터가 없습니다
10월 10, 2026