Ustachi Pro 앱 분석 (10월 9일)
Ustachi Pro
- USTACHI TEAM
- Google Play Store
- 무료
- 주택 및 홈
Ustachi Pro — ustaning ish maydoni. Yo'nalishingizni tanlaysiz, buyurtma o'zi topib keladi, ishni qabul qilishdan topshirishgacha bir joyda yuritasiz.
Rom va eshik, tom, g'isht, elektrika, santexnika, kafel, bo'yoq, mebel… 25 dan ortiq yo'nalish.
BUYURTMA O'ZI TOPIB KELADI
Hududingiz va yo'nalishingizga mos yangi e'lonlar bildirishnoma bo'lib keladi — qidirib yurmaysiz. Taklifingizni yuborasiz, mijoz tanlaydi, ish boshlanadi.
Narxni e'londa aytmaysiz: shartlarni mijoz bilan chatda kelishasiz.
BANDLIK TUGMASI
«Buyurtma qabul qilaman» ni o'chirib qo'ysangiz yangi so'rovlar to'xtaydi. Band paytingizda telefon tinch bo'ladi, yoqqaningizda so'rovlar yana kelaveradi.
ISHNI BOSQICHMA-BOSQICH YURITISH
Har buyurtma o'z bosqichida turadi: qabul qilindi, o'lchov olindi, ishlab chiqarish, o'rnatish, topshirildi. Bosqichni belgilaganingizda mijozga xabar avtomatik ketadi — qo'ng'iroq qilib tushuntirish shart emas.
Ro'yxatda kechikkan ish darhol ko'rinadi: qancha kun qolgani va qanchaga kechikkani yozib turadi.
XIZMAT NARXLARINGIZ
Sohangiz bo'yicha o'z stavkalaringizni kiritib qo'yasiz. Har mijozga qaytadan o'ylab o'tirmaysiz — narx tayyor turadi.
O'Z BUYURTMALARINGIZ
Mijoz ilova orqali kelmagan bo'lsa ham o'zingiz yozib qo'yasiz: mijoz ma'lumoti, chegirma, avans va qoldiq. Kim qancha to'lagani daftarda emas, ilovada turadi.
MIJOZ BILAN CHAT
Shart va narxni chatda kelishasiz, kelishuv yozma qoladi. Yangi xabar bildirishnoma bo'lib keladi.
PROFIL VA ISH NAMUNALARI
Mijoz sizni tanlashdan oldin yo'nalishingizni, tajribangizni va qilgan ishlaringiz rasmini ko'radi. Namuna qo'shsangiz tanlanish ehtimoli ortadi.
KORXONANGIZ
Korxona nomi va logotipi hisob-kitobda hamda buyurtma varag'ida ko'rinadi.
ROM VA ESHIK USTALARI UCHUN — NARX KALKULYATORI
Romni ilovaning o'zida chizasiz: bo'luvchi, ochiluvchi qanot, eshik, shotlanka va to'ldirma. Brend, profil seriyasi va materialni (plastik, alumin, termo) tanlaysiz — ilova xomashyolar ro'yxatini, sarfini va yakuniy narxni chiqarib beradi.
• Har profil, shisha va aksessuar alohida qatorda — nima uchun qancha ketgani ko'rinadi
• Chiqindi foizi, minimal qoldiq va valyuta kursi hisobga olinadi
• Foyda foizi tannarx ustiga qo'shiladi va mijozga KO'RSATILMAYDI
• Bitta buyurtmada bir nechta rom — hammasi bitta hisobda
• Narxlar qurilmaga yuklab olinadi: obyektda internet bo'lmasa ham hisoblayverasiz
• Qo'ng'iroq kelib chiqib ketsangiz chizma ham, sozlamalar ham saqlanadi — qaytganingizda o'sha joydan davom etasiz
Boshqa yo'nalishlar uchun kalkulyatorlar ustida ishlanmoqda.
QANDAY KIRILADI
Telefon raqamingizni kiritasiz, SMS orqali 6 xonali kod keladi. Parol kerak emas.
TILLAR
O'zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg'iz, tojik, turkman va turk tillari.
DIQQAT
Bu ilova USTALAR uchun. Usta qidirayotgan bo'lsangiz — «Ustachi» ilovasini yuklang.
Ustachi Pro 사용량 순위
사용량 순위는 28일간의 현재 설치 수와 활성 사용자를 계산하는 Similarweb 알고리즘을 기반으로 합니다.
모든 카테고리 ·
미국--
주택 및 홈 ·
미국--
일일 활성 사용자
Ustachi Pro 다운로드와 일일 활성 사용자 추이를 확인하여 Ustachi Pro 사용자의 이용 패턴을 분석하세요.
사용자
Ustachi Pro 다운로드와 일일 활성 사용자 추이를 확인하여 Ustachi Pro 사용자의 이용 패턴을 분석하세요.
일일 활성 사용자 확인하기8월9월10월
Ustachi Pro 순위 통계 추이
Ustachi Pro의 Similarweb 사용량 순위 및 Google Play Store 순위
순위
데이터가 없습니다
사용자 관심사 및 상위 카테고리
Ustachi Pro 사용자가 이용하는 상위 카테고리 및 앱
표시할 데이터 없음
주요 경쟁 앱 및 대체 앱
같은 스토어에서 동일한 사용자가 사용할 가능성이 높은 앱입니다.
표시할 데이터 없음
10월 9, 2026