10月8日 的 pDaftar: Qarz daftari, nasiya 應用程式分析
pDaftar: Qarz daftari, nasiya
- Orzumurod Parmonov
- Apple App Store
- 免費版
- 金融
pDaftar — qarz daftari, nasiya savdo va kassa dasturi. Mijozlar qarzini telefoningizda yozib boring, to‘lov muddati kelganda mijozga avtomatik SMS eslatma ketsin.
Qog‘oz daftar chalkashadi va yo‘qoladi, kimdan qancha qarz qolganini eslab bo‘lmaydi. pDaftar shu ishni tartibga soladi: har bir qarz, to‘lov va nasiya savdo yozib boriladi, hisobot o‘zi chiqadi.
Asosiy imkoniyatlar
• Qarz daftari — mijozlar va qarzdorlarni nazorat qilish
• Nasiya savdo va bo‘lib to‘lash jadvali
• Avtomatik SMS va Telegram eslatmalar
• Kassa: kirim va chiqim
• Kunlik, oylik va yillik hisobotlar
• Bir nechta do‘kon va sotuvchini bitta tizimda boshqarish
• Ko‘p valyuta bilan ishlash (UZS, USD)
• Mijozlarni kontaktlardan avtomatik qo‘shish
• Mahsulot va ombor hisobi
Kimlar uchun
• Oziq-ovqat va aralash do‘kon egalari
• Qurilish mollari savdogarlari
• Xizmat ko‘rsatuvchilar — sartaroshlar, ustalar, servislar
• Rieltorlar va ko‘chmas mulk agentlari
• Yakka tartibdagi tadbirkorlar va freelancerlar
Eslatmalar
To‘lov muddati kelganda mijozga avtomatik SMS boradi. Qarzdorlik kamayadi, siz esa qarzni eslatish uchun noqulay qo‘ng‘iroq qilishdan qutulasiz.
Hisobot va tahlil
Kunlik savdo, kirim-chiqim, qarzdorlar ro‘yxati va foyda — hammasi jadval va grafiklarda ko‘rinadi. Qaysi mijoz qancha qarzdor, qaysi mahsulot ko‘p sotilyapti — bir qarashda ma’lum.
Nega pDaftar?
• Telefon uchun ishlangan — tez va oddiy
• O‘zbekiston biznesiga moslashtirilgan
• Ma’lumotlar bulutda saqlanadi, telefon almashtirsangiz ham yo‘qolmaydi
• Bepul tarif bor, muddatsiz
pDaftar’ni yuklab oling va qarzlaringizni tartibga soling.
商店排名
商店排名基於Google和Apple設定的多個參數。
所有類別 在
美國--
金融 在
美國--
建立帳戶即可查看平均每月下載次數聯絡我們
隨時間變化的 pDaftar: Qarz daftari, nasiya 排名統計
Similarweb 的使用排名和Apple App StorepDaftar: Qarz daftari, nasiya排名
排名
無可用數據
10月 8, 2026
