10月11日的Formula AI应用程序分析
Formula AI
- UDEVS, MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI
- Apple 应用商店
- 免费
- 健康与健身
Formula — ozish va natijani saqlashga yordam beradigan, Doktor Feruz metodikasiga asoslangan ilova.
Diyetani ko‘p marta boshlab, davom ettira olmagan bo‘lsangiz yoki ozgandan keyin vazn yana qaytgan bo‘lsa, gap faqat irodada emas. Formula qachon va nima sababdan ko‘proq yeb qo‘yayotganingizni tushunishga, odatlaringizni hayotingizga moslab o‘zgartirishga yordam beradi.
Maqsad — yana bir qattiq diyetaga chidash emas, kundalik hayotda davom ettira oladigan ovqatlanish tartibini o‘rganish.
• Darslar va kundalik vazifalar
Video va audio darslar orqali ozish, ovqatlanish va odatlarni bosqichma-bosqich o‘rganasiz. Ochlik va shunchaki yegingiz kelishini farqlash, taomlarda me’yorni topish, rejadan chiqqandan keyin davom ettirish kabi vaziyatlarni ko‘rib chiqasiz. Amaliy vazifalar o‘rganganlaringizni hayotda qo‘llashga yordam beradi.
• Savol tug‘ilganda — Ordinator
«Kechqurun ko‘p yeb qo‘yyapman», «Shirinlikdan voz kechishim shartmi?», «Bugun rejadan chiqdim, endi nima qilaman?» — savollaringizni ilova ichidagi sun’iy intellekt yordamchisiga yozing. Ordinator ovqatlanish, darslar va odatlar haqida tushuntirish hamda amaliy yo‘l-yo‘riq beradi.
• Ovqat kundaligi va AI kamera
Nima va qancha yeganingizni qayd etib, kaloriya, oqsil, yog‘ va uglevod miqdorini kuzatasiz. Taomni suratga olib, uning taxminiy kaloriyasi va oziq moddalar miqdorini bilib olasiz. Bu raqamlar ovqatlanishingizni yaxshiroq tushunish uchun xizmat qiladi.
• Vazn, qadam, suv va odatlar
Kundalik qaydlaringiz bir joyda. Haftalik, oylik va yillik grafiklar orqali o‘zgarishlarni kuzatib borasiz. Ruxsatingiz bilan Apple Health’dagi qadamlar ma’lumoti Formula bilan sinxronlanadi.
• O‘zbek tilida, o‘z hayotimizga mos
Oilaviy dasturxon, mehmondorchilik, «yana oling» degan takliflar — Formula’da o‘zimizga tanish vaziyatlar hisobga olingan.
Doktor Feruzning «Ongli ozish» dasturidagi yondashuv asosida qancha yeyishni bilish bilan birga, kundalik hayotda me’yorni qanday saqlashni ham o‘rganasiz.
Bir kun rejadan chiqish hammasini tashlab qo‘yish uchun sabab bo‘lmasin. Keyingi qadamingizdan davom eting.
Ilovadan foydalanish pullik. Tarif narxi, muddati va foydalanish shartlari xarid qilishdan oldin ko‘rsatiladi.
Formula kattalar uchun ta’lim va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. Ilova va Ordinator tashxis qo‘ymaydi, dori buyurmaydi va shifokor o‘rnini bosmaydi. Sog‘lig‘ingizga oid qarorlarni shifokor bilan maslahatlashib qabul qiling.
商店排名
商店排名基于 Google 和 Apple 设置的多个参数。
所有品类在
美国--
健康与健身在
美国--
创建账号以查看平均每月下载量联系我们
动态Formula AI排名统计
Formula AI的 Similarweb 使用排名和Apple 应用商店排名
排名
没有可用的数据
十月 11, 2026
