Now livetag icon
Digital 100 - Similarweb official ranking of the fastest growing digital brandsMeet the leading brands of 2026banner icon

Ichingdagi Ichingdadir app analytics for February 5

Ichingdagi Ichingdadir

Ichingdagi Ichingdadir

  • Kitoblar Olami
  • Google Play Store
  • Free
  • Books & Reference
Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o‘zligini, o‘zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo‘lgan ko‘zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o‘sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning o‘zligimizni bilishimiz haqida. Axir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar «O‘zini bilgan avliyo bo‘ladi» deya bejiz aytishmagan. Hazratning o‘zi shunday deydi: «Rivoyat qiladilarki, bir podshoh o‘g‘lini hunarmandlar to‘piga qo‘shib qo‘yibdi. Ular bolaga turli bilimlardan, jumladan, ilmu nujumdan dars berishibdi. Shoh o‘g‘li butunlay ahmoq bo‘lgani holda o‘ziga o‘rgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi. Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib, o‘g‘liga «Bunda ne bor?» debdi. Bola «Qo‘lingdagi dumaloq, sariq va ichi bo‘sh narsadir» degach, hukmdor hayratda qolib «Alomatlarini to‘g‘ri aytding, ismini ayt» deb buyuribdi. O‘g‘il «G‘alvir bo‘lsa kerak» deb javob beradi. Podshoh «Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat — belgilarni aniq ayting-u, ammo g‘alvirning hovuchga sig‘masligiga qanday qilib farosating yetmadi?» dedi afsus chekib. Xuddi shunday, — deb davom etadi Rumiy hazratlari — zamonamiz olimlari ham qilni qirq yoradilar, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni juda yaxshi biladilar, ammo o‘ta muhim, o‘zlari uchun qolgan barcha narsalardan yanada yaqin bo‘lganni, ya’ni o‘zlarini bilmaydilar. Hamma narsadan yaqin bo‘lgan borliq bu — ularning menligi». Mavlono Rumiy insonni, avvalo, ko‘zini ochishga va ochilgan ko‘zlar bilan o‘z mohiyatiga nazar tashlashga undaydiki, bu bilan ul valiy zot insonning o‘zi bir butun olam — kichik olam ekanligini uqtiradi. «Ichindagi ichindadur» asari ulug‘vorlik va soddalikning bir makonu bir zamonda sig‘ishib yashashining go‘zal namunasidir. Albatta, komil inson — avliyolik asrori haqida ko‘plab olimu fuzalolarning xilma-xil asarlari mavjud. Lekin ularning ayrimlarini mutolaa qilarkanmiz, o‘zimizni xuddi ertak o‘qiyotgan boladek sezamiz. Chunki ularda tasvirlangan avliyo yoki komil inson go‘yo osmonda uchib yurgan erkin qushchayu, sizu biz zindonda — temir panjaradan uni umidsizligini kuzatib yotgan maxbus. Qushning ozodligidan, charx urib aylanishidan, baxtidan maxbusga ne naf? Qaytaga u ana shunday hur parvozi bilan bu bechoraning o‘z holiga ko‘nikib ketishiga to‘sqinlik qilib, iztirobini orttiradi, xolos. Rumiyda esa unday emas. Rumiy shohu gadoga ham, olimu avomga ham birdek xitob qiladi. Va har kimning qarshisiga o‘z hikmatlaridan bir ko‘prik tashlab, boshqalar nima desa deyaversin, lekin sening ham bu yo‘ldan o‘tishga haqqing bor, ki sen ham undan o‘tishga munosib va qodirsan, faqat g‘ayrat qil-da, kel!» deydi go‘yo. Boshqacha aytsak, Jaloliddin Rumiyning «Ichindagi ichindadur» asari insonlik va ilohiylik o‘rtasiga qo‘yilgan mustahkam ko‘prikdir.
Ichingdagi Ichingdadir

Ichingdagi Ichingdadir Usage Rank

The usage rank is based on Similarweb's algorithm that calculates current installs and active users over a 28-day period.

All Categories in
United States--
Books & Reference in
United States--

Daily active users

Analyze usage patterns of Ichingdagi Ichingdadir users by viewing Ichingdagi Ichingdadir downloads and daily active users over time.

Users

Analyze usage patterns of Ichingdagi Ichingdadir users by viewing Ichingdagi Ichingdadir downloads and daily active users over time.

Unlock daily active users
DecJanFeb

Ichingdagi Ichingdadir Ranking Stats Over Time

Similarweb's Usage Rank & Google Play Store Rank for Ichingdagi Ichingdadir

Rank

No Data Available

Ichingdagi Ichingdadir Ranking by Country

Counties in which Ichingdagi Ichingdadir has the highest ranking in its main categories

No Data to Display

Users Interests & Top Categories

Top categories and apps used by Ichingdagi Ichingdadir users

No Data to Display

Top Competitors & Alternative Apps

Apps with a high probability of being used by the same users, from the same store.

No Data to Display
Ichingdagi Ichingdadir

February 5, 2026