1月17日 的 ATTARTIL Quron va tajvid ilmi 應用程式分析
ATTARTIL Quron va tajvid ilmi
- TIYN ZAYTUN, MAS ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI
- Apple App Store
- 免費版
- 教育
AT TARTIL – Qur’onni to‘g‘ri va chiroyli o‘rganing!
Alloh taoloning fazli ila ishlab chiqilgan AT TARTIL – Qur’on o‘rganishni istagan har bir musulmon uchun mo‘ljallangan maxsus ta’limiy ilova. Endi Qur’onni tajvid bilan o‘qish, tushunish va eslab qolish osonroq va zamonaviyroq bo‘ldi!
Ilovaning asosiy imkoniyatlari:
• Qur’on tilovati va tajvid darslari – o‘rganish bosqichma-bosqich yengillashtirilgan va tushunarli tarzda ishlab chiqilgan.
• 30 pora Qur’on tilovati – tahqiq darajasida o‘qilgan, maxraj va sifatlarga e’tibor qaratilgan.
• Tajvid videodarslari – ustoz qori Jahongir Ne’matov tomonidan tayyorlangan, tajvidni amaliy o‘rganish uchun juda qulay.
• Oyatli video tilovatlar – Qur’on oyatlari video bilan birga ketma-ket tarzda ko‘rsatiladi.
• Yorug‘lik / Qorong‘u rejim – ko‘zlaringiz uchun qulaylik, istalgan muhitda foydalanish imkoni.
• Eslatmalarim va Joriy Dars – oxirgi o‘qilgan surani eslatib turadi, belgilangan oyatlarni tez topish imkonini beradi.
• Qiroat tezligini sozlash – tilovatni siz uchun qulay sur’atda tinglang.
• Offline ishlash imkoniyati – yuklab olingan fayllar internet bo‘lmasa ham ishlaydi.
• Oson interfeys va 12 ta tilidagi menyu – foydalanuvchiga qulay va intuitiv boshqaruv.
Ilova haqida:
Ushbu Qur’on tilovati ijozali qorilar tomonidan maxsus nazoratdan o‘tkazilgan. Tilovat Misr diyorining ulug‘ shayxlari tomonidan to‘liq eshitib chiqilib, tarqatishga ruxsat berilgan.
Xatm jarayoni hijriy 1441-yilda boshlangan, 1443-yilda qorilar tekshiruvi bilan yakunlangan.
Ilova O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022-yil 18-apreldagi 180-sonli xulosasi asosida tasdiqlangan.
Ilovani hoziroq yuklab oling va Qur’on o‘rganishda mustahkam qadam qo‘ying!
Qur’on o‘qishni istaganlar uchun to‘liq yo‘lko‘rsatma va ishonchli hamroh.
Umumiy yuklanishlar soni 100 000 ga qarab ketmoqda, bu esa foydalanuvchining ishonchli tanlovi!
At Tartil ilovasini Alloh Taolo barchamiz uchun manfaatli qilsin. Din yo‘lida qilingan amallarni O‘zi qabul aylasin. Omin.
G‘oya muallifi: Ahrorbek Abdullayev
Versiya: 3.2.0
Rasmiy sahifa: www.at-tartil.uz
商店排名
商店排名基於Google和Apple設定的多個參數。
所有類別 在
美國--
教育 在
美國--
建立帳戶即可查看平均每月下載次數聯絡我們
隨時間變化的 ATTARTIL Quron va tajvid ilmi 排名統計
Similarweb 的使用排名和Apple App StoreATTARTIL Quron va tajvid ilmi排名
排名
無可用數據
1月 17, 2026