2月12日 的 Mango Market - soting va oling 應用程式分析
Mango Market - soting va oling
- JASURBEK SOBIRJONOV
- Apple App Store
- 免費版
- 購物
Hozirda ko‘pchilik o‘zi asrab-avaylab ishlatgan telefonini yoki boshqa buyumlarini sotish uchun uzoqdagi do‘konlarga borishga yoki firibgarlarga to‘lib ketgan turli xil dasturlar orqali sotishga majbur bo‘ladi.
Mango Market — bu sizga yaqin masofada yashovchilarga buyumlaringizni sotish yoki ulardan ishonchli buyum xarid qilish imkonini yaratadi.
Qanday ishlaydi?
Agar buyumingizni sotmoqchi bo‘lsangiz:
1. Buyumingizni qulay va oson dastur orqali sotuvga qo‘yasiz.
2. Sizga yaqin masofadagi xaridorlar sizga xabar yozishadi.
3. Xaridorlardan birini tanlab, mo‘ljal manzilni berasiz.
4. Xaridor kelishilgan vaqtda aytilgan manzilga keladi, buyumni shaxsan ko‘rib, tekshirgandan so‘ng pulini to‘lab oladi.
Agar siz xaridor bo‘lsangiz:
1. Sotuvchiga xabar yozasiz.
2. Sotuvchi sizga manzil beradi.
3. Berilgan manzilga borasiz.
4. Buyumni shaxsan ko‘rib, tekshirganingizdan so‘ng, agar hammasi ma’qul bo‘lsa, pulini to‘lab xarid qilasiz.
Dasturda faqat belgilangan radiusdagi e’lonlarni ko‘rishingiz mumkin (maksimal radius — 20 km atrofida).
Buning asosiy sababi — firibgarlikning oldini olish. Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi masofa qisqa bo‘lganda, buyumni shaxsan ko‘rib, tekshirib olish oson bo‘ladi.
Bu esa “pochta orqali yuboring” yoki “kartaga pul o‘tkazing” kabi firibgarlik usullarini bartaraf etadi.
Buyumingizni sotayotganingizda pulini olmasdan turib, uni pochta yoki yetkazib berish xizmati orqali yubormaslikni tavsiya qilamiz.
Xarid qilayotganingizda esa, hech qachon buyumni shaxsan ko‘rmasdan turib, pulini (to‘liq yoki qisman) yubormasligingizni qat’iy tavsiya qilamiz.
Mango Market — bu sotuvchi va xaridorni bog‘lovchi platforma.
Biz hech qaysi bitim tomonida emasmiz, e’lonlarni tekshirib yoki kafolatlab bermaymiz.
商店排名
商店排名基於Google和Apple設定的多個參數。
所有類別 在
美國--
購物 在
美國--
建立帳戶即可查看平均每月下載次數聯絡我們
隨時間變化的 Mango Market - soting va oling 排名統計
Similarweb 的使用排名和Apple App StoreMango Market - soting va oling排名
排名
無可用數據
2月 12, 2026