1月9日 的 Bek va Lola 應用程式分析
Bek va Lola
- UNITED SOFT, MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI
- Apple App Store
- 免費版
- 遊戲
Bek va Lola — bolalar uchun yaratilgan interaktiv va ta’limiy o‘yin dunyosi. Farzandingiz sevimli qahramonlar bilan o‘ynab, harflar, sonlar, shakllar, xarita va so‘zlarni o‘rganadi. Ilova Bek va Lola multfilmi asosida yaratilgan bo‘lib, musiqiy, madaniy va o‘rgatuvchi elementlarni birlashtiradi.
Ta’limiy o‘yinlar: harakat orqali o‘rganish
O‘yin ichidagi maxsus mini-o‘yinlar bolaning nozik motorikasini, eslab qolish qobiliyatini va diqqatini rivojlantirishga yordam beradi. Har bir topshiriq oddiy animatsiyalar va ovozli ko‘rsatmalar bilan tushuntiriladi — bu kichik yoshdagi bolalar uchun qulay o‘quv muhiti yaratadi.
Harflar va sonlarni yozish
Bola ekranda chiziqlar bo‘ylab harflarni va raqamlarni yozadi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan chiziq yoqimli ovozli tasdiqlash va mukofot bilan mustahkamlanadi. Bu uslub harflarning shaklini eslab qolishni yengillashtiradi va yozuvga tayyorlaydi.
So‘zlarni o’rganish
Harflarni surib joyiga qo‘yish orqali so‘zlar hosil qilinadi. Harflar bosilganda ularning tovushi eshitiladi — bu fonetik o‘rgatishning eng samarali usullaridan biri.
Shakllarni to‘g‘ri joyiga joylashtirish, obyektlarni ajratish, ranglarni tanish topshiriqlari kuzatuvchanlik va tez fikrlashni rivojlantiradi.
Ranglar, chiziqlar va konturlar bilan ishlash nozik motorikani faol rivojlantiradi hamda ijodkorlikni oshiradi.
Farzandingiz o‘yin davomida sevimli qahramonlariga g‘amxo‘rlik qiladi:
ovqatlantirish, cho‘miltirish, uxlatib qo‘yish va ular bilan o‘ynash; har bir qahramonning o‘z fe’l-atvori va ehtiyoji bor, va ular kayfiyatlarini bildiradi;
uyni kashf qilish: milliy musiqa asboblarini chalish, to‘p bilan sport o‘yinlari, trambolin, yugurish yo‘lagi, qog‘oz raketalar yasash va boshqa ijodiy faoliyatlar;
garderob: bola qahramonlar uchun kiyim va aksessuarlarni tanlashi mumkin.
Kunlik mukofotlar tizimi (1-kun – 10 tanga, 2-kun – ovqat, 3-kun – 15 tanga, 4-kun – aksessuar, 5-kun – 2 ta ovqat, 6-kun – 20 tanga, 7-kun – tasodifiy mukofot. Mukofotlar har hafta qayta boshlanadi. Tangalar orqali o’yinda ovqat va garderob xarid qilinadi.
Yulduzchalar: mini-o‘yinlar davomida yeg‘iladi va raketani bezash va uchirish uchun ishlatiladi.
O‘yinda reklama yo‘q, farzandingiz tinch va xavfsiz o‘ynashi mumkin.
Oylik Premium obuna quyidagilarni taqdim etadi: barcha mini-o‘yinlarning to‘liq ochilgan versiyasi, uzoq davom etadigan amallarni (uyqu, ovqatlanish, cho‘milish) darhol o‘tkazish imkoniyati, 20+ ta qo‘shimcha kiyimlardan iborat premium garderob, 20+ ta qo‘shimcha ovqat turlari, har kuni qo‘shimcha premium mukofotlar, hamda haftalik premium kunlik mukofotlar tizimi (1-kun – 30 tanga, 2-kun – premium ovqat, 3-kun – 50 tanga, 4-kun – premium kiyim, 5-kun – 5 ta ovqat, 6-kun – 60 tanga, 7-kun – katta sandiq: 150 tanga va premium mukofot). Premium mukofotlar har hafta qayta boshlanadi.
Bek va Lola — farzandingizning quvnoq tarzda o‘rganishi, rivojlanishi va ijod qilishiga yordam beradigan xavfsiz platforma.
商店排名
商店排名基於Google和Apple設定的多個參數。
所有類別 在
美國--
遊戲 在
美國--
建立帳戶即可查看平均每月下載次數聯絡我們
隨時間變化的 Bek va Lola 排名統計
Similarweb 的使用排名和Apple App StoreBek va Lola排名
排名
無可用數據
Bek va Lola按國家/地區排名
Bek va Lola 在其主要類別中排名最高的國家
無可顯示數據
的頂級競爭對手和替代方案
來自同一應用商店,有很高可能被相同使用者使用的應用程式。
無可顯示數據
1月 9, 2026