Now livetag icon
Digital 100 - Similarweb official ranking of the fastest growing digital brandsMeet the leading brands of 2026banner icon

TBC UZ: Online Mobile Banking 对比 Uzum Nasiya: muddatli to'lov 的使用情况和统计数据

TBC UZ ilovasi — bu istalgan vaqtda moliyaviy masalalarni qulay hal qilishga yordam beradigan mobil onlayn bank. Ilovada to'lov qilish, onlayn kredit olish, kartadan kartaga o'tkazmalar, jismoniy yoki virtual karta buyurish va onlayn omonat ochish imkoni bor. TBC UZ ilovasida ro'yxatdan o'tishingiz bilanoq mobil bankning barcha funksiyalaridan foydalanishingiz mumkin bo'ladi. • 100 mln so'mgacha onlayn kredit. Ilovaning o'zida, kafillarsiz, garovsiz va ortiqcha hujjatlarsiz. Kredit olishdan oldin tasdiqlangan stavka bo'yicha ilovadagi kredit kalkulyatorida oylik to'lovlarni hisoblash mumkin. • 24 oygacha muddatli onlayn omonatlar**. Omonatga har kuni foiz hisoblaymiz va oyda bir marta to'lab beramiz. TBC UZ ilovasiga ulangan istalgan karta orqali omonatni to'ldirish mumkin. • Pul o'tkazmalari. O'zbekistondagi banklar kartalariga telefon raqami yoki karta raqami orqali pul o'tkazing. • Onlayn xaridlar va xizmatlarni to'lash uchun Uzcard, Visa va Humo virtual kartalari. Visa Virtual'dan xorijiy to'lovlar uchun, Uzcard va Humo'dan O'zbekistondagi xaridlar uchun foydalanishingiz mumkin. • Osmon Card kredit kartasi — 50 mln so'mgacha kredit limiti va 55 kungacha imtiyozli davrga ega Humo kartasi. Har qanday xaridni to'lang, imtiyozli davr oxirigacha qarzni qaytarsangiz, foiz to'lamaysiz. • Onlayn to'lovlar. Mobil aloqa, internet, xizmatlar, kommunal va davlat xizmatlari uchun uydan chiqmasdan to'lov qiling. TBC UZ ilovasidagi bank xizmatlari: - Bank hisobraqami — bir necha daqiqada onlayn hisobraqam oching va ilovada pulingizni boshqaring. - Salom Card — komissiyasiz pul o'tkazing, xaridlarni to'lang va foydali bonuslarga ega bo'ling. - TBC Kredit — onlayn kredit javobini 1 minutda*, yashirin komissiyalarsiz bilib oling. - Osmon Card — xaridlar uchun qulay kredit karta bilan to'lov qiling va 55*** kungacha foiz to'lamang. - Pul o'tkazmalari — telefon yoki karta raqami orqali istalgan bank kartalariga darhol pul o'tkazing. - Onlayn to'lovlar — mashhur xizmatlar va servislar uchun ilovaning o'zida komissiyasiz to'lov qiling. TBC UZ ilovasining 6 mln ortiq foydalanuvchisi bor — siz ham qo'shiling! Ilovani hoziroq yuklab oling va mobil bankingning pul o'tkazmalari, to'lovlar, onlayn omonatlar va kreditlar kabi barcha imkoniyatlaridan foydalaning. *so'nggi 300 000 foydalanuvchi orasida kredit bo'yicha qaror qabul qilishning o'rtacha vaqti. Aniq qaror qabul qilish vaqti mijozning kredit tarixiga bog'liq va 1 daqiqadan kam yoki ko'proq vaqtni olishi mumkin. Foiz stavkasi 28% dan 49% gacha, muddati 3 oydan 36 oygacha, miqdori 300 ming so'mdan 100 million so'mgacha. Kredit shartlari - tbcbank.uz saytida. **18% dan 22% gacha stavka. Omonatlar shartlari — tbcbank.uz saytida ***Bu xaridlar uchun 30 kungacha (hisobot davri) va qarzni to'lash uchun hisob-kitob sanasidan boshlab 25 kun (to'lov muddati) — jami 55 kungacha foizsiz © 2020-2024 "TBC BANK" ATB Yuridik manzil: Toshkent shahri, Fidokor ko'chasi, 10B TBC UZ app is a mobile online bank where you can conveniently handle financial tasks anytime. There you can: - Apply for an online loan. - Make payments and card-to-card transfers. - Order a physical or virtual card. - Open an online deposit. - Banking services in the TBC UZ app: - Bank account: open an online account in minutes and manage your money in the app. - TBC Kredit: get an instant loan decision in 1 minute, with no hidden fees. - Money transfers: send money instantly to any bank card using a phone number or card number. - Online payments: pay for popular services and utilities with no commission, right in the app. © 2020–2024 "TBC BANK" JSCB Legal address: 10B Fidokor Street, Tashkent City
  • Apple 应用商店
  • 免费
  • 金融

商店排名

- -

Uzum Nasiya – 12 oygacha muddatli to'lov xizmati. Uzum Nasiya o'z foydalanuvchilariga hamkor nuqtalarda tovar va xizmatlarni onlayn va oflayn formatda 12 oygacha muddatli to'lovga xarid qilish imkoniyatini taklif etadi. Kechiktirilgan to'lovlar uchun foiz, jarima va penyalar yo'q! Siz istalgan do'kon va hamkor nuqtalarda bir necha daqiqa ichida xaridlarni boshlang'ich to'lovsiz amalga oshirishingiz va to'lovlarni esa qismlarga bo'lib to'lashingiz mumkin. Kelgusi to'lovlar belgilangan kartadan avtomatik ravishda yechib olinadi. Foydalanuvchilar uchun boshlang'ich to'ovsiz 3, 6 va 12 oylik muddatli to'lov (nasiya) tariflari mavjud. Uzum Nasiya muddatli to'lovi orqali xaridlarni oflayn va onlayn tarzda kiyim-kechak, poyabzal, kosmetika, parfyumeriya do'konlarida va servisning boshqa ko'plab hamkor nuqtalarida amalga oshirishingiz mumkin. Hamkorlarimiz orasida Why Music, 1fit, Mi-store, Idea, lg, Elmakon, Just, Mediapark, Goodzone kabi yirik brendlar bor. Uzum Marketda ham tovarlarni muddatli to'lovga xarid qilish imkoniyati mavjud: to'lov turida "Uzum Nasiya muddatli to'lovi"ni belgilang va 3, 6 yoki 12 oylik muddatdan birini tanlang. Shuningdek, endi sevimli taom va oziq-ovqatlarni ham Uzum Tezkor yetkazib berish xizmati orqali 4 ta teng qismlarga bo'lib muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyati mavjud. Saytda yoki ilovada ro'yxatdan o'ting va 25 000 000 so'mgacha limitga ega bo'ling. Buning uchun sizga pasport yoki ID-karta va bank kartasi kerak bo'ladi. Shundan so'ng sizda O'zbekiston bo'ylab kerakli tovar va xizmatlarni 25 000 000 so'mgacha bo'lgan limit asosida muddatli to'lovga xarid qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Nasiya bo'yicha to'lovlarni O'zbekistonning istalgan bank kartalari hamda to'lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin. O'zingizga qulay tizimni tanlang: Payme, Click, Uzum Bank, Paynet. Uzum Nasiya O'zbekiston bo'ylab 5000 dan ortiq hamkor nuqtalarga ega bo’lib, ular soni kundan kunga jadal sur’atlarda oshib bormoqda. Bizning hamkorlarimiz orasida quyidagilar mavjud: - Kosmetika va parfumeriya do'konlari; - O'quv markazlari; - Uzum Market marketpleysi; - Qurilish materiallari do'konlari, avtotovarlar; - Aksessuarlar, kiyim-kechak va poyabzal do'konlari; - Mebel, maishiy texnika va elektronika shourumlari. Agar sizda qandaydir savollar tug'ilsa, biz bilan https://t.me/UzumNasiyaBot boti yoki +998787771515 raqami orqali bog'lanishingiz mumkin. Bizning qo'llab-quvvatlash xizmatimiz har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha foydalanuvchilarimizga mamnuniyat bilan yordam berishga tayyor.
  • Apple 应用商店
  • 免费
  • 金融

商店排名

- -

TBC UZ: Online Mobile Banking与Uzum Nasiya: muddatli to'lov排名比较

对比 TBC UZ: Online Mobile Banking 与 Uzum Nasiya: muddatli to'lov 在过去 28 天内的排名趋势

排名

没有可用的数据

TBC UZ: Online Mobile Banking 对比 Uzum Nasiya: muddatli to'lov 的排名,按国家/地区比较

对比 TBC UZ: Online Mobile Banking 与 Uzum Nasiya: muddatli to'lov 在过去 28 天内的排名趋势

通过免费试用版比较任何网站

开始使用
TBC UZ: Online Mobile Banking VS.
Uzum Nasiya: muddatli to'lov

一月 23, 2026