Don’t miss outtag icon
Are you tracking AI visibility, or guessing? Get clarity with Similarweb’s AEO ToolkitTry it nowbanner icon

1月9日的Bek va Lola应用程序分析

Bek va Lola

Bek va Lola

  • UNITED SOFT, MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI
  • Apple 应用商店
  • 免费
  • 游戏
Bek va Lola — bolalar uchun yaratilgan interaktiv va ta’limiy o‘yin dunyosi. Farzandingiz sevimli qahramonlar bilan o‘ynab, harflar, sonlar, shakllar, xarita va so‘zlarni o‘rganadi. Ilova Bek va Lola multfilmi asosida yaratilgan bo‘lib, musiqiy, madaniy va o‘rgatuvchi elementlarni birlashtiradi. Ta’limiy o‘yinlar: harakat orqali o‘rganish O‘yin ichidagi maxsus mini-o‘yinlar bolaning nozik motorikasini, eslab qolish qobiliyatini va diqqatini rivojlantirishga yordam beradi. Har bir topshiriq oddiy animatsiyalar va ovozli ko‘rsatmalar bilan tushuntiriladi — bu kichik yoshdagi bolalar uchun qulay o‘quv muhiti yaratadi. Harflar va sonlarni yozish Bola ekranda chiziqlar bo‘ylab harflarni va raqamlarni yozadi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan chiziq yoqimli ovozli tasdiqlash va mukofot bilan mustahkamlanadi. Bu uslub harflarning shaklini eslab qolishni yengillashtiradi va yozuvga tayyorlaydi. So‘zlarni o’rganish Harflarni surib joyiga qo‘yish orqali so‘zlar hosil qilinadi. Harflar bosilganda ularning tovushi eshitiladi — bu fonetik o‘rgatishning eng samarali usullaridan biri. Shakllarni to‘g‘ri joyiga joylashtirish, obyektlarni ajratish, ranglarni tanish topshiriqlari kuzatuvchanlik va tez fikrlashni rivojlantiradi. Ranglar, chiziqlar va konturlar bilan ishlash nozik motorikani faol rivojlantiradi hamda ijodkorlikni oshiradi. Farzandingiz o‘yin davomida sevimli qahramonlariga g‘amxo‘rlik qiladi: ovqatlantirish, cho‘miltirish, uxlatib qo‘yish va ular bilan o‘ynash; har bir qahramonning o‘z fe’l-atvori va ehtiyoji bor, va ular kayfiyatlarini bildiradi; uyni kashf qilish: milliy musiqa asboblarini chalish, to‘p bilan sport o‘yinlari, trambolin, yugurish yo‘lagi, qog‘oz raketalar yasash va boshqa ijodiy faoliyatlar; garderob: bola qahramonlar uchun kiyim va aksessuarlarni tanlashi mumkin. Kunlik mukofotlar tizimi (1-kun – 10 tanga, 2-kun – ovqat, 3-kun – 15 tanga, 4-kun – aksessuar, 5-kun – 2 ta ovqat, 6-kun – 20 tanga, 7-kun – tasodifiy mukofot. Mukofotlar har hafta qayta boshlanadi. Tangalar orqali o’yinda ovqat va garderob xarid qilinadi. Yulduzchalar: mini-o‘yinlar davomida yeg‘iladi va raketani bezash va uchirish uchun ishlatiladi. O‘yinda reklama yo‘q, farzandingiz tinch va xavfsiz o‘ynashi mumkin. Oylik Premium obuna quyidagilarni taqdim etadi: barcha mini-o‘yinlarning to‘liq ochilgan versiyasi, uzoq davom etadigan amallarni (uyqu, ovqatlanish, cho‘milish) darhol o‘tkazish imkoniyati, 20+ ta qo‘shimcha kiyimlardan iborat premium garderob, 20+ ta qo‘shimcha ovqat turlari, har kuni qo‘shimcha premium mukofotlar, hamda haftalik premium kunlik mukofotlar tizimi (1-kun – 30 tanga, 2-kun – premium ovqat, 3-kun – 50 tanga, 4-kun – premium kiyim, 5-kun – 5 ta ovqat, 6-kun – 60 tanga, 7-kun – katta sandiq: 150 tanga va premium mukofot). Premium mukofotlar har hafta qayta boshlanadi. Bek va Lola — farzandingizning quvnoq tarzda o‘rganishi, rivojlanishi va ijod qilishiga yordam beradigan xavfsiz platforma.
Bek va Lola

商店排名

商店排名基于 Google 和 Apple 设置的多个参数。

所有品类在
美国--
游戏在
美国--
创建账号以查看平均每月下载量联系我们

动态Bek va Lola排名统计

Bek va Lola的 Similarweb 使用排名和Apple 应用商店排名

排名

没有可用的数据

Bek va Lola按国家/地区排名

Bek va Lola在主要类别中排名最高的县

无数据可显示

顶级竞争对手和替代应用程序

同一商店内很有可能被同一批用户使用的应用程序。

无数据可显示
Bek va Lola

一月 9, 2026