You’ve hit your search limit
Start your free trial to keep exploring full traffic and performance insights.
Get Started- Home
- Free App Analytics
- Avtodrom 3D - Uzbekistan
Avtodrom 3D - Uzbekistan app analytics for November 2
Avtodrom 3D - Uzbekistan
- Farkhod Yuldashev
- Apple App Store
- Free
- Education
Avtodrom 3D — O‘zbekistonda B toifa haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorgarlik ilovasi. Imtihonning ikkala qismi bitta ilovada: yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha nazariy test va avtomatlashtirilgan avtodromning 3D simulyatori. Interfeys o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
NAZARIY TEST (YHQ)
• 1 085 savol, 26 mavzu, 546 tasi rasm va sxema bilan
• Savollar 2022-yilgi Yo‘l harakati qoidalari (VM 172-son qarori) matni asosida tuzilgan; har bir javobda tushuntirish va Qoidalar bandiga havola bor
• Imtihon rejimi xuddi imtihon markazidagidek: 20 savol, 25 daqiqa, 18 to‘g‘ri javob — o‘tdi, uchinchi xato imtihonni to‘xtatadi
• 54 bilet, mavzular bo‘yicha mashq, aqlli mashq (avval xatolaringiz, keyin takrorlash, so‘ng yangi savollar), xatolar ro‘yxati, marafon
• 293 yo‘l belgisi 7 guruhda, kod yoki nom bo‘yicha qidiruv; nomlar va ma’nolar Qoidalarning 1-ilovasidan
• Belgilar kartochkalari: belgini ko‘ring, ag‘daring, bilsangiz o‘ngga suring — bilinmagan belgi qayta keladi
• Tayyorlik halqasi, kunlik maqsad, ketma-ket kunlar va urinishlar tarixi
3D AVTODROM
• Maydon IIV 3494-son buyrug‘i (2024) sxemalari bo‘yicha qurilgan: ilon izi, boks, 12% estakada va parallel parkovka joyi rasmiy o‘lchamlarda
• 12 ta mashq imtihondagi tartibda: start, piyodalar o‘tish joyi, estakada, 90° burilishlar, svetoforli chorraha, ilon izi, boks, temir yo‘l kesishmasi, tezlashish bo‘lagi, avariya holatda to‘xtash, parallel parkovka, finish
• Imtihon: 12 mashq, 25 daqiqa, rasmiy jarima ballari — 100 ballda imtihon to‘xtaydi
• Mashqlar: har birini alohida, bosqichma-bosqich ko‘rsatma va ideal yo‘l chizig‘i bilan
• Namunaviy imtihon: avtopilot butun yo‘nalishni xatosiz o‘tadi, siz kuzatasiz
• Imtihon qo‘llanmasi: imtihon tartibi, jarima jadvali, keng tarqalgan xatolar
• Erkin haydash — ballarsiz mashq
HAQIQIY BOSHQARUV
• Chap bosh barmoq: rul, burilish ishoralari, ilashish. O‘ng bosh barmoq: pedallar, H-sxemali uzatmalar richagi, qo‘l tormozi
• Ilashishning tutish nuqtasi bor: dvigatel o‘chib qolishi mumkin, estakadada avtomobil orqaga ketadi
• 5 pog‘onali mexanika; o‘rganish uchun avtomat ham bor (haqiqiy imtihon faqat mexanikada)
• Rul: g‘ildirak, qurilmani egish yoki tugmalar; sezgirlik sozlanadi; geympad va klaviatura ham ishlaydi
• 3 kamera: orqadan, kapotdan va yuqoridan
• Haqiqiy avtomobildan yozib olingan dvigatel ovozi va titrash
GARAJ
• Imtihon avtomobili Chevrolet Nexia 3 — bepul
• Yana 5 ta avtomobil: Spark, Nexia 2, Cobalt, Onix va Nexia 2 Street — reklama ko‘rib ochiladi, 10 xil rang
BEPUL
Har bir haydash va har bir test bitta bak yoqilg‘i sarflaydi. Sizda 3 tagacha bak bo‘ladi, bak har soatda to‘ladi, reklama ko‘rib darhol olish ham mumkin. Avtopilot namoyishlari va kartochkalar bepul.
Norasmiy o‘quv simulyatori. Ichki ishlar vazirligi va imtihon markazlariga aloqador emas. Har bir imtihon markazining yo‘nalishi alohida tasdiqlanadi, shuning uchun tafsilotlar farq qilishi mumkin.
Store Rank
The Store Rank is based on multiple parameters set by Google and Apple.
All Categories in
United States--
Education in
United States--
Create an account to see avg.monthly downloadsContact us
Avtodrom 3D - Uzbekistan Ranking Stats Over Time
Similarweb's Usage Rank & Apple App Store Rank for Avtodrom 3D - Uzbekistan
Rank
No Data Available
Avtodrom 3D - Uzbekistan Ranking by Country
Counties in which Avtodrom 3D - Uzbekistan has the highest ranking in its main categories
No Data to Display
Top Competitors & Alternative Apps
Apps with a high probability of being used by the same users, from the same store.
No Data to Display
November 2, 2026