Now livetag icon
NEW REPORT: Knowing your true competitive position across Web & AppDownload Reportbanner icon

Avtodrom 3D - Uzbekistan 앱 분석 (11월 2일)

Avtodrom 3D - Uzbekistan

Avtodrom 3D - Uzbekistan

  • Farkhod Yuldashev
  • Apple App Store
  • 무료
  • 교육
Avtodrom 3D — O‘zbekistonda B toifa haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorgarlik ilovasi. Imtihonning ikkala qismi bitta ilovada: yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha nazariy test va avtomatlashtirilgan avtodromning 3D simulyatori. Interfeys o‘zbek, rus va ingliz tillarida. NAZARIY TEST (YHQ) • 1 085 savol, 26 mavzu, 546 tasi rasm va sxema bilan • Savollar 2022-yilgi Yo‘l harakati qoidalari (VM 172-son qarori) matni asosida tuzilgan; har bir javobda tushuntirish va Qoidalar bandiga havola bor • Imtihon rejimi xuddi imtihon markazidagidek: 20 savol, 25 daqiqa, 18 to‘g‘ri javob — o‘tdi, uchinchi xato imtihonni to‘xtatadi • 54 bilet, mavzular bo‘yicha mashq, aqlli mashq (avval xatolaringiz, keyin takrorlash, so‘ng yangi savollar), xatolar ro‘yxati, marafon • 293 yo‘l belgisi 7 guruhda, kod yoki nom bo‘yicha qidiruv; nomlar va ma’nolar Qoidalarning 1-ilovasidan • Belgilar kartochkalari: belgini ko‘ring, ag‘daring, bilsangiz o‘ngga suring — bilinmagan belgi qayta keladi • Tayyorlik halqasi, kunlik maqsad, ketma-ket kunlar va urinishlar tarixi 3D AVTODROM • Maydon IIV 3494-son buyrug‘i (2024) sxemalari bo‘yicha qurilgan: ilon izi, boks, 12% estakada va parallel parkovka joyi rasmiy o‘lchamlarda • 12 ta mashq imtihondagi tartibda: start, piyodalar o‘tish joyi, estakada, 90° burilishlar, svetoforli chorraha, ilon izi, boks, temir yo‘l kesishmasi, tezlashish bo‘lagi, avariya holatda to‘xtash, parallel parkovka, finish • Imtihon: 12 mashq, 25 daqiqa, rasmiy jarima ballari — 100 ballda imtihon to‘xtaydi • Mashqlar: har birini alohida, bosqichma-bosqich ko‘rsatma va ideal yo‘l chizig‘i bilan • Namunaviy imtihon: avtopilot butun yo‘nalishni xatosiz o‘tadi, siz kuzatasiz • Imtihon qo‘llanmasi: imtihon tartibi, jarima jadvali, keng tarqalgan xatolar • Erkin haydash — ballarsiz mashq HAQIQIY BOSHQARUV • Chap bosh barmoq: rul, burilish ishoralari, ilashish. O‘ng bosh barmoq: pedallar, H-sxemali uzatmalar richagi, qo‘l tormozi • Ilashishning tutish nuqtasi bor: dvigatel o‘chib qolishi mumkin, estakadada avtomobil orqaga ketadi • 5 pog‘onali mexanika; o‘rganish uchun avtomat ham bor (haqiqiy imtihon faqat mexanikada) • Rul: g‘ildirak, qurilmani egish yoki tugmalar; sezgirlik sozlanadi; geympad va klaviatura ham ishlaydi • 3 kamera: orqadan, kapotdan va yuqoridan • Haqiqiy avtomobildan yozib olingan dvigatel ovozi va titrash GARAJ • Imtihon avtomobili Chevrolet Nexia 3 — bepul • Yana 5 ta avtomobil: Spark, Nexia 2, Cobalt, Onix va Nexia 2 Street — reklama ko‘rib ochiladi, 10 xil rang BEPUL Har bir haydash va har bir test bitta bak yoqilg‘i sarflaydi. Sizda 3 tagacha bak bo‘ladi, bak har soatda to‘ladi, reklama ko‘rib darhol olish ham mumkin. Avtopilot namoyishlari va kartochkalar bepul. Norasmiy o‘quv simulyatori. Ichki ishlar vazirligi va imtihon markazlariga aloqador emas. Har bir imtihon markazining yo‘nalishi alohida tasdiqlanadi, shuning uchun tafsilotlar farq qilishi mumkin.
Avtodrom 3D - Uzbekistan

스토어 순위

스토어 순위는 Google과 Apple이 설정한 여러 매개변수를 기반으로 합니다.

모든 카테고리 ·
미국--
교육 ·
미국--
월평균 다운로드를 확인하려면 계정을 만드세요문의하기

Avtodrom 3D - Uzbekistan 순위 통계 추이

Avtodrom 3D - Uzbekistan의 Similarweb 사용량 순위 및 Apple App Store 순위

순위

데이터가 없습니다

Avtodrom 3D - Uzbekistan 국가별 순위

Avtodrom 3D - Uzbekistan의 주요 카테고리 순위가 가장 높은 국가입니다


주요 경쟁 앱 및 대체 앱

같은 스토어에서 동일한 사용자가 사용할 가능성이 높은 앱입니다.

표시할 데이터 없음
Avtodrom 3D - Uzbekistan

11월 2, 2026