9月28日的Uzum Avto: avtomobil bozori应用程序分析
Uzum Avto: avtomobil bozori
- Uzum
- Google Play 商店
- 免费
- 汽车与车辆
Uzum Avto — O‘zbekiston bo‘ylab avtomobil sotib olish va sotish xizmati. Bu yerda yangi yoki foydalanilgan avtomobil xarid qilishingiz, bepul e’lon joylashtirishingiz va avtomobilni kreditga olish uchun ariza topshirishingiz mumkin.
Texnik xususiyatlarni ko‘ring, narxlarni solishtiring va minglab tekshirilgan e’lonlar orasidan o‘zingizga mos variantni tanlang.
Avtomobil sotishga yordam beramiz
Avtomobilingizni sotish uchun vositachilarga murojaat qilishingiz shart emas — e’lonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada joylashtiring. Mashinangiz haqida ma’lumot kiriting, suratlarni yuklang va narxini belgilang. Xaridorlar avtomobil haqidagi ma’lumotlarni ko‘rib, savollar berish va keyingi qadamlarni kelishish uchun siz bilan bevosita bog‘lanishlari mumkin.
20 milliondan ortiq Uzum foydalanuvchilari orasidan xaridor toping:
• E’lonlarni bepul va cheklanmagan miqdorda joylashtiring
• E’lonni bir necha daqiqada yarating: davlat raqami va texpasport ma’lumotlarini kiriting, suratlar va narxni qo‘shing
• Qiziqqan xaridorlardan qo‘ng‘iroqlar qabul qiling
• Ular bilan vositachilarsiz bevosita muloqot qiling
Avtomobil sotib olishga yordam beramiz
Qidiruv parametrlarini o‘z ehtiyojlaringizga moslang: shahar va markani tanlang, mos narx hamda ishlab chiqarilgan yilni belgilang. Avtomobil turini tanlang — yangi yoki foydalanilgan. Kuzov rangi va dvigatel turi bo‘yicha qo‘shimcha filtrlar qidiruvni toraytirishga yordam beradi, yoqqan variantlarni esa saralanganlarga saqlab qo‘yishingiz mumkin.
Sotuvchi bilan bog‘lanishdan oldin avtomobil tavsifi va suratlarini ko‘ring, ko‘rsatilgan xususiyatlarni tekshiring hamda bir nechta takliflarni solishtiring. Shunda mavjud variantlarni baholash va byudjetingizga mos avtomobilni tanlash osonroq bo‘ladi.
• Dublikat va soxta e’lonlarsiz tekshirilgan e’lonlarni ko‘ring
• Yangi va foydalanilgan avtomobillarni tanlang
• Shahar, marka, narx va ishlab chiqarilgan yil bo‘yicha qulay filtrlardan foydalaning
• Qidiruvni avtomobil rangi va dvigatel turi bo‘yicha aniqlashtiring
• Yoqqan avtomobillarni keyinroq qaytib ko‘rish uchun saralanganlarga saqlang
• Sotuvchilar bilan bevosita bog‘laning
Popular marka va modellar
Chevrolet avtomobillarini tanlang: Tracker, Malibu, Cobalt, Damas, Nexia, Spark, Gentra, Captiva, Onix va Equinox.
BYD Song Plus va Yuan Up, Chery Tiggo, Kia Sonet hamda Kia K5 modellari bo‘yicha takliflarni solishtiring. Ilovada Haval, Daewoo va boshqa ko‘plab markalarning avtomobillari ham mavjud.
Avtomobilni kreditga qanday olish mumkin
Agar avtomobilni kreditga sotib olmoqchi bo‘lsangiz, arizani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada yuboring — formani to‘ldirish bir necha daqiqa vaqt oladi. Mutaxassisimiz siz bilan bog‘lanib, shartlar haqida ma’lumot beradi va keyingi bosqichlarni tushuntiradi.
• Qisqa formani to‘ldiring
• Mutaxassis siz bilan 15 daqiqa ichida bog‘lanadi
• Kredit shartlari va keyingi bosqichlarni muhokama qiling
Uzum Avto’dan qanday foydalanishni boshlash mumkin
1. Ilovani oching va nima qilmoqchi ekaningizni tanlang: avtomobil topish yoki e’lon joylashtirish.
2. Mos avtomobilni topish uchun qulay filtrlardan foydalaning va takliflarni ko‘rib chiqing. Ayrim avtomobillarni kreditga ham olish mumkin.
3. Qiziqqan avtomobillaringizni saralanganlarga saqlang va sotuvchi bilan bevosita bog‘laning.
4. Avtomobil sotish uchun texpasport ma’lumotlari va davlat raqamini tayyorlang, suratlarni yuklang va narxni kiriting.
5. E’lonni bepul joylashtiring — bir necha daqiqadan so‘ng u lentada paydo bo‘ladi.
Uzum Avto O‘zbekiston bo‘ylab avtomobil xaridorlari va sotuvchilarini birlashtiradi. Yangi va foydalanilgan avtomobillarni tanlang, e’lon joylashtiring va bevosita muloqot qiling. Agar avtomobil sotib olmoqchi yoki xaridor topmoqchi bo‘lsangiz, Uzum Avto’dan boshlang.
Uzum Avto: avtomobil bozori 使用排名
使用率排名基于 Similarweb 的算法,该算法会计算 28 天内的当前安装量和活跃用户数。
所有品类在
美国--
汽车与车辆在
美国--
每日活跃用户数量
查看Uzum Avto: avtomobil bozori动态下载量和日常活跃用户,以便分析Uzum Avto: avtomobil bozori用户的使用模式
用户
查看Uzum Avto: avtomobil bozori动态下载量和日常活跃用户,以便分析Uzum Avto: avtomobil bozori用户的使用模式
解锁每日活跃用户数7月8月9月
动态Uzum Avto: avtomobil bozori排名统计
Uzum Avto: avtomobil bozori的 Similarweb 使用排名和Google Play 商店排名
排名
没有可用的数据
用户兴趣点和热门类别
Uzum Avto: avtomobil bozori 用户使用的热门类别和应用程序
无数据可显示
九月 28, 2026
