Uzum Bank online 앱 분석 (10월 6일)
Uzum Bank online
- UZUM TECHNOLOGIES MChJ.
- Apple App Store
- 무료
- 금융
Uzum Bank — Uzum ekotizimining onlayn banki.
Ilovani yuklab oling va shaxsingizni tasdiqlaganingizdan so‘ng darhol bepul Uzum virtual kartasini oling. U bilan hamma joyda to‘lov qilish mumkin, jumladan: bank ilovasida, do‘konlarda, muassasalarda, transportda va onlayn.
Uzum karta Visa asosida ishlaydi, so‘mda — O‘zbekiston hududida xaridlarni konvertatsiyasiz va ortiqcha to‘lovlarsiz amalga oshirish uchun qulay. Uni ilova orqali istalgan bank kartalaridan bepul to‘ldirish mumkin. Plastik kartani buyurtma qiling — bir necha kun ichida Uzum Marketning qulay tarqatish punktiga bepul yetkazib beramiz — va undan naqd pul yeching. Karta orqali chet eldagi xaridlarni ham to‘lash mumkin.
Xarajatlaringizni boshqaring va sarflaganingizni qisman qaytaring: barcha tranzaksiyalar va ularning tarixi doimo qo‘lingiz ostida. Mahsulotlar, xizmatlar va Toshkent metro va avtobuslarida yo‘l haqi uchun to‘lov qilganingizda — keshbek kartaga tushadi.
Kerak bo‘lganda maoshgacha pul oling. Undan muddatli to‘lov va mikroqarzlik xaridlar uchun foydalanish mumkin — Uzum kartaga 25 000 000 so‘mgacha, onlayn va bir necha daqiqada oling.
Kattaroq xarajatlar uchun qulay oylik to‘lov bilan 100 000 000 so‘mgacha kredit rasmiylashtiring. Arizani ilovada bering va bank ofisiga tashrif buyurmasdan pulni Uzum kartaga oling.
Turli xil vaziyatlar uchun ilovada OSAGO, sog‘liq va sayohat sug‘urtasini rasmiylashtirish mumkin. Sug‘urta narxini hisoblang va polisni bir necha daqiqada onlayn rasmiylashtiring, to‘lovni esa darhol yoki muddatli to‘lov asosida amalga oshiring. Barcha shartlar va sug‘urta summasi to‘lovdan oldin ma’lum bo‘ladi, rasmiylashtirilgandan so‘ng esa polis doimo qo‘l ostingizda — Uzum Bank ilovasida bo‘ladi.
Ilovada pul o‘tkazmalari mavjud: karta yoki telefon raqami orqali Uzcard va Humo kartalariga. Uzum kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar har doim bepul. Xalqaro pul o‘tkazmalari uchun qulay kurs amal qiladi.
12 000 dan ortiq hamkorlarimiz tovar va xizmatlari uchun QR-kod orqali yoki karta bilan joyida to‘lang. Uzum to‘lovni so‘rang: Uzum karta bilan keshbek olish yoki 30 kunga foizsiz nasiya bilan to‘lov qilish uchun.
Mobil aloqa, internet, televideniya, metro va avtobus yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirish mumkin. Shuningdek, kommunal xizmatlar — gaz, elektr, suv, chiqindi olib chiqish va boshqalar uchun to‘lang.
Hamma ishlaringizni bitta ilovada hal qiling. Kartalar, valyuta ayirboshlash va boshqa foydali xizmatlar doimo yoningizda. Batafsil uzumbank.uz saytida.
© 2019–2026, “Uzum Bank” AJ, O‘zbekiston Respublikasi MB litsenziyasi №88
스토어 순위
스토어 순위는 Google과 Apple이 설정한 여러 매개변수를 기반으로 합니다.
모든 카테고리 ·
미국--
금융 ·
미국--
월평균 다운로드를 확인하려면 계정을 만드세요문의하기
Uzum Bank online 순위 통계 추이
Uzum Bank online의 Similarweb 사용량 순위 및 Apple App Store 순위
순위
데이터가 없습니다
10월 6, 2026