Pulberry | Qulay kredit 앱 분석 (11월 19일)
Pulberry | Qulay kredit
- FLEX SOFT, MAS ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI
- Apple App Store
- 무료
- 금융
PULBERRY — O‘ZINGIZGA MOS KREDITNI BITTA ILOVADA TOPING. BUGUNOQ!
Bitta ariza. Bir nechta taklif. Tanlov esa o‘zingizniki.
1 MILLIONDAN 300 MILLION SO‘MGACHA
Kichikroq summa kerakmi? O‘zini o‘zi band qilganlar va pensionerlar uchun garovsiz kredit variantlarini ko‘rib chiqing.
Kattaroq summa kerakmi? Avtomobil, oltin yoki ko‘chmas mulk garovi evaziga kredit olish imkoniyatlari mavjud.
PUL KERAKMI? PULBERRY’DAN TANLAB OLING.
Odatda o‘zingizga mos shartlarni topish uchun turli tashkilotlarga birma-bir murojaat qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Pulberry’da esa bitta arizaning o‘zi kifoya. Ma’lumotlaringizni bir marta kiritasiz, shundan so‘ng arizangiz sizga mos kredit tashkilotlariga yuboriladi.
O‘rtacha hisobda foydalanuvchi 3–5 ta taklif oladi.
Shartlarni solishtiring va o‘zingizga eng ma’qul variantni tanlang.
Hatto avtomobil garovi evaziga kreditni ham murojaat qilgan kuningizning o‘zida olish mumkin. Ayrim kreditlar uchun 20 yilgacha bo‘lgan avtomobillar ham qabul qilinadi.
Pulberry takliflarni topib berish uchun haq olmaydi. Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.
KREDITNI OLGANINGIZDAN KEYIN HAM HAMMASI QO‘LINGIZDA
Pulberry’da qancha qarzingiz qolganini, keyingi to‘lov sanasini va to‘lov jadvalingizni ko‘rib turishingiz mumkin.
Bank kartangizni ulang va kreditingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali to‘lang.
Agar yana pul kerak bo‘lsa, yangi arizani ham shu yerning o‘zida topshirishingiz mumkin.
O‘ZBEKISTONNING BARCHA HUDUDLARIDA MAVJUD
Pulberry xizmatlaridan O‘zbekistonning istalgan hududida foydalanishingiz mumkin.
Pulberry’dagi barcha kredit tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi, Pulberry esa — IT Park Uzbekistan rezidenti.
PUL KERAK BO‘LSA, AVVAL PULBERRY SIZGA QANDAY TAKLIFLAR BERISHINI KO‘RIB CHIQING.
스토어 순위
스토어 순위는 Google과 Apple이 설정한 여러 매개변수를 기반으로 합니다.
모든 카테고리 ·
미국--
금융 ·
미국--
월평균 다운로드를 확인하려면 계정을 만드세요문의하기
Pulberry | Qulay kredit 순위 통계 추이
Pulberry | Qulay kredit의 Similarweb 사용량 순위 및 Apple App Store 순위
순위
데이터가 없습니다
11월 19, 2026