11月19日的ARESSO应用程序分析
ARESSO
- ARESSO
- Google Play 商店
- 免费
- 购物
ARESSO — O‘zbekiston uchun yig‘ilgan zamonaviy marketplace. Kundalik xarid, ovqat, e’lon, xizmat, dars va mahalla — endi bitta ilovada.
Ko‘p ilova ochib yurmang. Bozor mahsuloti, do‘kon, restoran, ijara, uy, moshina, usta, o‘quv markaz va community chat — hammasi ARESSO ichida. O‘zbek tili, so‘m narx, mahalliy to‘lov.
NIMA QILASIZ
Market va do‘kon
Katalogdan mahsulot tanlang, narxni ko‘ring, savatga qo‘shing va bir necha bosishda buyurtma bering. Chegirma va yangi mahsulotlar bir joyda.
Taom
Restoran menyusini oching, taom tanlang, uyga yetkazishga buyurtma bering. Holatni ilovada kuzating.
Ijara
Jihoz, transport va boshqa ijaralarni bron qiling. Muddat va narx ochiq ko‘rinadi.
Uy
Kvartira, hovli va tijorat e’lonlari. Xarita, tuman, makler — qidiruv sodda.
Moshina
Avtomobil e’lonlari: sotish, ko‘rish, bog‘lanish. Surat va asosiy ma’lumot bir kartada.
Xizmatlar
Usta, go‘zallik, ta’mir, yuridik yordam va vakansiyalar. Kerakli odamni tez topasiz.
Ta’lim
O‘quv markazlar, kurslar, narx va yozilish. Farzandingiz yoki o‘zingiz uchun dars tanlang.
Atrof
Yaqin do‘kon, kafe, dorixona va joylar GPS xaritada. Shaharda yo‘lni bilish oson.
Community
Viloyat va tuman chatlari. Rasm, video, savol-javob. Mahalla bitta tarmoqda.
Hisob
Buyurtmalar, sevimlilar, manzil va yordam. Kirish — telefon va SMS.
NEGA ARESSO KUCHLI
• Bitta ilova — butun shahar hayoti. Xarid, ovqat, e’lon, dars va suhbat aralashmaydi, lekin bir joyda.
• O‘zbekiston uchun yozilgan. O‘zbek interfeys, so‘m, mahalliy odat va mahalliy to‘lov.
• Tiniq narx. Yashirin to‘lov va soxta “chegirma” o‘yinlari yo‘q.
• To‘lov o‘zingizniki: Click, Payme, Uzum Bank, Uzum Nasiya yoki naqd. Apple/Google ichki xarid yo‘q.
• Yetkazishni kuzatasiz. Toshkent va viloyatlarda buyurtma holati ilovada yangilanadi.
• E’lonlar ham, savdo ham. Uy, moshina, xizmat — Telegram guruhlarini axtarib yurmaysiz.
• Ta’lim alohida. Markaz, kurs, yozilish — savatsiz, tushunarli.
• Community jonli. Tuman bo‘yicha gaplashasiz, rasm va video yuborasiz.
• Yordam o‘zbekcha. Telefon va ilova ichidagi aloqa. +998 55 203 25 25 · har kuni 08:00–02:00.
QANDAY BOSHLASH
1. Ilovani oching
2. Bo‘limni tanlang: market, taom, uy, moshina, ta’lim…
3. Mahsulot, e’lon yoki kursni oching
4. Savat / yozilish / qo‘ng‘iroq
5. To‘lovni tanlang va holatni kuzating
Ilova bepul yuklanadi. Buyurtma va e’lonlar aresso.app orqali ishlaydi.
Maxfiylik: https://aresso.app/about
Oferta: https://aresso.app/oferta
To‘lov va qaytarish: https://aresso.app/tolov-qaytarish
Sayt: https://aresso.app
Pochta: hello@aresso.app
Telefon: +998 55 203 25 25
Manzil: Andijon viloyati, Shahrixon
ARESSO 使用排名
使用率排名基于 Similarweb 的算法,该算法会计算 28 天内的当前安装量和活跃用户数。
所有品类在
美国--
购物在
美国--
每日活跃用户数量
查看ARESSO动态下载量和日常活跃用户,以便分析ARESSO用户的使用模式
用户
查看ARESSO动态下载量和日常活跃用户,以便分析ARESSO用户的使用模式
解锁每日活跃用户数9月10月11月
动态ARESSO排名统计
ARESSO的 Similarweb 使用排名和Google Play 商店排名
排名
没有可用的数据
用户兴趣点和热门类别
ARESSO 用户使用的热门类别和应用程序
无数据可显示
顶级竞争对手和替代应用程序
同一商店内很有可能被同一批用户使用的应用程序。
无数据可显示
十一月 19, 2026
